Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu boshchiligidagi Rossiya harbiy delegatsiyasi Belarusga amaliy tashrif bilan keldi, deya xabar qildi RIA Novosti.

Foto: RIA Novosti

“Rossiya mudofaa vaziri armiya generali Sergey Shoygu boshchiligidagi Rossiya harbiy delegatsiyasi amaliy tashrif bilan Minskka keldi”, – deyiladi nashr xabarida.

Unda ta’kidlanishicha, tashrifdan maqsad Belorussiya va Rossiya o’rtasidagi ikki tomonlama harbiy hamkorlik masalalarini muhokama qilishdir.

Mavzuga doir:
Lukashenko oilasi bilan Rossiyaga uchib ketdi – OAV
Belarus Litvani havo hududini buzishda aybladi

Eslatib o’tamiz, avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko o‘rtasida yakkama-yakka shakldagi muzokaralar bo‘lib o‘tgani haqida xabar berilgan edi.