Koronavirus pandemiyasi dunyo taraqqiyotini 20 yilga kechiktirdi, deb yozmoqda BBC nashri.

Foto: RIA Novosti

Nashr xabariga ko‘ra, dunyo yana bir yangi virus pandemiyasiga tayyor emas. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va Jahon banki vakillari aytib o‘tishdi. Ammo yana bir yaxshi yangilik bor: Kaliforniyada COVID-19 virusiga qarshi ishlatilishi mumkin bo‘lgan sun’iy oqsil molekulasi sintez qilindi.

Jon Xopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda COVID-19 yuqtirganlar soni 30 millionga yaqinlashmoqda. Pandemiya boshlanganidan beri qurbonlar soni 933 ming kishiga yetdi va taxminan 20 million odam sog‘ayib chiqqan.

Koronavirus pandemiyasi dunyo taraqqiyotini orqaga yubordi. Bill va Melinda Geyts fondining dushanba kungi yillik hisobotida dunyo taraqqiyoti 20 yil ortga ketgani haqida gap borgan.

Hujjatda aytilishicha, bir necha oylik pandemiya xalqaro tashkilotlarning yillar davomida erishgan yutuqlarini barbod qildi. Ushbu davrda qashshoqlikda yashovchilar soni yetti foizga oshdi.

Mavzuga doir:
JSST koronavirus rekord darajada ko‘payganini ma’lum qildi
Kipr to‘ylarida raqsga tushish taqiqlandi

Bundan tashqari, boshqa kasalliklarga qarshi emlash 1990-yillar darajasiga tushib qoldi.

“Dastlab virus paydo bo‘ldi, keyin hukumat qarshi kurashish uchun resurslarni qayta taqsimlashni boshladi, so‘ngra odamlar epidemiya yuqishidan qo‘rqib shifokorlarga murojaat qilishni to‘xtatdilar.

Bularning barchasi sog‘liqni saqlash sohasidagi keng ko‘lamli falokatning elementlari”, – deyiladi xabarda.