ShHT aʼzolarining milliy xavfsizlik vakillari uchrashuvi vaqtida Hindiston vakili norozilik ramzi sifatida majlislar zalini tark etdi. Ushbu hodisa Pokiston delegatsiyasi oʻz mamlakatining yangi xaritasini namoyish etganidan soʻng sodir boʻldi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti. 

Foto: Sputnik

“Ushbu namoyish majlis oʻtkazish normalarini buzish va uchrashuv tashkilotchisi tomonidan berilgan maslahatni mutlaq mensimaslikni namoyish etdi.

Qabul qiluvchi tomon bilan oʻtkazilgan maslahatlardan soʻng Hindiston tomoni norozilik namoyishi sifatida uchrashuvni ushbu bosqichda tark etdi”, – deyilgan Hindiston tashqi ishlar vazirligi bayonotida. 

Eslatib oʻtamiz, avgust oyida Pokiston yangi bosh vairi Imron Xon mamlakatning yangi xaritasini taqdim etgan edi.

Unda Hindistonning Jamma va Kashmir shtatlari hamda Junagad shahri Pokiston tarkibiga qoʻshilgan holda aks ettirilgan. Hindiston ushbu namoyishni hech qanday yuridik kuch va xalqro obroʻga ega boʻlmagan “siyosiy bemaʼnilik namoyishi” deb atagan.  

2019-yilning 5-avgustida Hindiston hukumati Jamma va Kashmir shtatlarini konstitutsiya tomonidan belgilangan maxsus maqomini oʻzgartirishga qaror qilgan edi. Ushbu qaror Pokiston hukumatining keskin eʼtiroziga sabab boʻlgan. 

Mavzuga doir:
O‘zbekiston delegatsiyasi Moskva shahrida ShHT TIVK yig‘ilishida ishtirok etdi
ShHT oziq-ovqat xavfsizligini oshirishga chaqirdi

Maʼlumot uchun, Hindistonning Kashmir shtati aholisining aksariyati musulmonlar tashkil qiladi. U yerda separatistlar harakati faolligida Nyu Dehli  Pokiston hukumatini ayblamoqda. Islamobad esa ayblovlarni inkor etib kelmoqda.