Germaniyada yangi turdagi koronavirus infeksiyasining tasdiqlangan holatlari soni kuniga 163 taga oshib, 847 taga yetdi. Bu haqida Robert Koch tadqiqot institutining yakshanba kuni e’lon qilgan hisobotida aytiladi, deya ma’lum qildi “TASS”

Foto: AP Photo / Martin Meissner

Eng ko’p yuqtirilgan – 392 kishi Shimoliy Reyn-Vestfaliya g’arbiy federal shtatida qayd etilgan. Baden-Vürtembergda 182 nafar, Bavyerada – 148 kishi yuqtirgan.

Kasallik 16 ta mamlakatdan 15 tasida qayd etilgan. Koch institutida aytilganidek, infeksiya xavfi o’rtacha darajada saqlanib qolmoqda. Germaniya Sog’liqni saqlash vazirligi rahbari Yens Span oldinroq mamlakatda kasallik tarqalishining cho’qqisi hali o’tmaganligini aytdi. Uning ta’kidlashicha, 80% hollarda bemorlarda kasallik yengil shaklda yoki umuman hech qanday alomatlar yo’q holda kechmoqda.