Avval xabar berganimizdek, “Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori (PQ–4829-son, 15.09.2020 y.) qabul qilindi.

Foto: Uznews

Qarorga ko’ra, 2021-yil 1-yanvarga qadar:

  • O‘zbekistonda Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligining pasport-viza xizmati vakolatxonasi ochiladi hamda ushbu vakolatxonada vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirishga ruxsatnoma (patent) tayyorlash, rasmiylashtirish va berish xizmatlari ko‘rsatiladi;
  • Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston va Turkiya Respublikalarida ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolariga huquqiy yordam ko‘rsatish maqsadida mazkur davlatlardagi advokatlik tashkilotlari bilan bitimlar tuziladi.

Chet davlatlarda murakkab moliyaviy ahvolga tushgan va shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarsiz, mablag‘larsiz qolgan fuqarolarga to‘lanadigan bir martalik moddiy yordam miqdori BHMning 2 baravarigacha ko‘paytiriladi (ilgari BHMning 1 baravari edi).

Shuningdek, mehnat migrantlariga huquqiy yordam berish bo‘yicha onlayn platforma yaratiladi hamda Rossiya Federatsiyasida “Call-markaz” tashkil etiladi.

Mavzuga doir:
Endi fuqaro sudga “SMS” xabar orqali chaqiriladi
Oziq-ovqat sanoati jadal rivojlantiriladi
“Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasiga elchixonalar biriktirildi

Eslatib o’tamiz, sal avval yangi yildan boshlab mehnat migrantlariga mikroqarzlar berilishi haqida xabar qilgan edik. Qolaversa, mehnat migrantlariga o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga belgilangan pensiya hisoblash tartibi qo‘llanilishi ham aytilgan edi.