Mazkur holat yuzasidan Sharof Rashidov tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda Tergov departamenti axborot xizmati xabar qildi.

Foto: Sputnik

Shu yil 10-sentabr kunidan 11-sentabr kuniga o‘tar kechasi Sharof Rashidov tumanida yashovchi 42 yoshli I.M., tuman hududida joylashgan fermer xo‘jaligi dala maydonida bo‘lgan “Qo‘shko‘prik” mahallasida yashovchi 59 yoshli F.J.,ga tegishli jami bozor narxi 300 mln. so‘mlik 216 bosh mayda shohli chorva mollarini yashirin ravishda o‘g‘irlab ketgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari davomida fuqaro I.M., fuqaro F.J.,ga tegishli qo‘ylarning 168 boshini fuqaro M.K.,ga qarashli Jizzax shahrida joylashgan avtomobillarga yoqilg‘i quyish shahobchasi hovlisiga olib borib qo‘yilganligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan hamda fuqaro F.J.,ga tilxat asosida topshirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Sharof Rashidov tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan I.M.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi (juda ko‘p miqdorda sodir etilgan o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga doir:
Navoiyda nafaqaxo‘rni tunagan shaxslar ushlandi
Chustda “BMW” ishtirokidagi YTHda ikki yo’lovchi halok bo’ldi
Andijonda olib qochilgan “Nexia” ariqdan topildi

Dastlabki tergov jarayonida I.M., gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan.

Qo’shimcha qilinishicha, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.