Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahar tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Avazbek Madaminovich G‘aniyev 15-sentabr kuni vafot etdi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari Muhammadjon Obidov Facebook’da xabar qoldirgan.

Avazbek Madaminovich G‘aniyev

Uning yozishicha, G‘aniyev qon bosimi ko‘tarilishi va miyaga qon quyilishi oqibatida vafot etgan.

Avvalroq viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi va Farg‘ona viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi Avazbek G‘aniyevning koronavirusga chalingani haqidagi xabarlarni rad etgan, viloyat hokimligi axborot xizmati esa uning pnevmoniya xastaligi va yuqumsiz bo‘lgan boshqa hamroh kasalliklar bilan Marg‘ilon shahar tibbiyot birlashmasi shifoxonasida davolanayotganini ma’lum qilgan.

Avazbek Madaminovich G‘aniyev Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Doniyor G‘aniyevning otasi, Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyevning akasi edi.

Mavzuga doir:
Surxondaryoda IIB podpolkovnigi vafot etdi
G’o’za sistematikasi va filogeniyasi sohasidagi yetuk olima 76 yoshida olamdan o’tdi