Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi bir nechta fuqarolar murojaatiga asosan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazdi. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati xabar qildi.

Foto: Tergov departamenti axborot xizmati

Unda T.R. va boshqalar o‘zlarini go‘yoki, “N.” xorijiy kompaniyasining Qashqadaryo viloyatidagi rasmiy vakili sifatida tanishtirib, 17 ta xorijiy kompaniyaning soxta aksiyalarini sotish evaziga 2 ming nafarga yaqin fuqarodan jami 9 mln. AQSh dollari yig‘ib olishgan.

Shuningdek, yanada ko‘proq pul mablag‘ jalb etish hamda mijozlar sonini orttirish maqsadida yig‘ilgan 9 mln. AQSh dollaridan 800 ming AQSh dollarini odamlarga foiz hisobida berishgan.

Qayd etilishicha, bundan tashqari, T.R. o‘ziga 78 ming AQSh dollariga “Volkswagen”, o‘g‘li A.N. nomiga 2 ta “Lacetti” rusumli avtomashinasini va Qarshi shahridagi savdo do‘konini sotib olib, jinoiy faoliyatdan olgan daromadlarni legallashtirgan.

Mavzuga doir:
“Korean and migration xususiy bandlik agentligi” mansabdorlariga sud hukmi o’qildi
Andijonda fuqaroni 645 ming dollarga aldab ketgan xitoylikka jinoiy ish ochildi
Zafarobod tuman hokimiyati xodimi $8000 bilan ushlandi

Mazkur holat yuzasidan T.R. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.