Qashqadaryo viloyati Nishon tumanidan kelgan ayollarni viloyat hokimi Zoir Mirzayev qabul qildi va bayram bilan tabrikladi. Bu haqida viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Qashqadaryo viloyat hokimligi axborot xizmati

Kecha 7 mart kuni, kun kech bo‘lishiga qaramasdan, viloyat hokimligi binosiga tumandagi ichki yo‘llar va tez-tez uzilishlar bo‘layotgan elektr energiyasi masalasida kelgan ayollarni muammolari tinglandi.

-Barchasiga bosqichma-bosqich erishamiz, elektr energiyasi muammosi ham tez orada hal etiladi. Bayram arafasida har bir xonadonga quvonch ulashish, xalqning dardi bilan yashash va ularga munosib sharoitlar yaratish tarafdoriman, dedi viloyat hokimi.