O‘zbekiston Markaziy banki esdalik tangalarning joriy yil 16-sentabrdan amalda bo‘ladigan narxlarini belgiladi. Bu haqida Markaziy bank axborot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Markaziy bank axborot xizmati

Unga ko‘ra:

1 ta oltin tanga narxi — 20 800 000 so‘m

1 ta kumush tanga narxi — 567 000 so‘mni tashkil etdi

Esdalik tangalarning har birining og‘irligi 31,1 grammdan iborat. Metallar probasi 999,9 ga teng.

Mavzuga doir:
O’zbekistonda dollar va yevroning rasmiy kursi ko’tarildi

Eslatib o‘tamiz, esdalik tangalarni sotish narxi Markaziy bank tomonidan har haftada kamida bir marta milliy valyutada belgilanadi.