Shu yil 16-sentabr soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 48 776 (+211) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog’liqni saqlash vazirligi xabar qildi.

Foto: Dunyo

Yangi kasallanish holatlarining 92 nafari Namangan viloyatida, 62 nafari Toshkent shahrida, 14 nafari Buxoro viloyatida, 10 nafari Qashqadaryo viloyatida, 9 nafari Samarqand viloyatida, 8 nafari Sirdaryo viloyatida, 7 nafari Surxondaryo viloyatida, 4 nafari Toshkent viloyatida, 3 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 2 nafari Navoiy viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Sergeli tumanida yashagan 61 yoshli X.M. (erkak) hamda Yunusobod tumanida yashagan 69 yoshli Sh.Sh. (erkak), jami 406 (+2) nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytda yurtimizda 45 058 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (92 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 3313 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.