“Microsoft” asoschisi Bill Geytsning otasi katta Bill Geyts AQShda 94 yoshida vafot etdi. Bu haqda CentralAziya xabar qildi.

Foto: CentralAziya

Geyts 14-sentyabr kuni AQShning Vashington shtatidagi plyajdagi uyida Altsgeymer kasalligi bilan vafot etdi.

“Kecha otam uyda, oilasi qurshovida hotirjam vafot etdi. Biz hozir uni ifoda etishimiz mumkin bo’lganidan ham ko’proq sog’inamiz. Biz qayg’u, ammo minnatdorchilikni his qilmoqdamiz.

Otamning vafoti kutilmagan bo’lmagan, u 94 yoshda edi va sog’lig’i yomonlashayotgan edi, shuning uchun biz ko’p yillar davomida hayotimizda bunday ajoyib insonga ega bo’lganimizdan qanchalik baxtli ekanligimizni o’ylab ko’rishga vaqt topdik”
, – deb yozadi Bill Geyts o’z blogida.

Uilyam Genri Geyts II – amerikalik advokat va xayriyachi, “Hayot uchun meditatsiya: hayot sovg’alari haqidagi fikrlar” kitobining muallifidir.

Tadbirkor ota-onasining cheksiz muhabbati va qo‘llab-quvvatlovi o‘zining taqdirini belgilab berganiga ham to‘xtalgan:

“Qo‘rqmasdan katta tavakkal qilishimga, masalan, kollejdagi o‘qishni tashlab Pol Allen bilan “Microsoft”ga asos solishimga ham shu sabab bo‘lgan.

Hatto bu ish o‘ngidan kelmasa ham ular mening tomonimda bo‘lishlarini bilardim”.

Mavzuga doir:
AQShdagi to’ylarning birida besh yashar bola vafot etdi
Mashhur aktyor Stivi Li vafot etdi
Boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni vafot etdi