Foto: Uzbektourism.uz

Denis va Tanya Andijon shahriga kelgan kunidayoq mashhur “andijoncha choyxona palovi”ning tayyorlanish jarayonini suratga oldi va o‘z kanalida joylashtirdi. Ushbu videolavha allaqachon 186 ming martadan ortiq tomosha qilindi.

 Viloyatga kelganlariga to‘rt kun bo‘lgan vlogerlar bugungacha Izboskan tumanidagi xonadonlardan birida shavla tayyorlash, Andijon tumanidagi xonadonlardan birida “uy oshi” tayyorlash, Shahrixon shahridagi pichoqchi hunarmandlarning milliy pichoq tayyorlash jarayonlari haqidagi videolavhalarni o‘zlarining YouTube kanallariga joylashtirishdi. Videolavhalar 540 ming martadan ortiq tomosha qilindi.

Foto: Uzbektourism.uz

Shunisi diqqatga sazovorki, ushbu YouTube kanalining obunachilari turli mamlakatlardan bo‘lib, ular o‘z izohlarida tez orada O‘zbekistonga sayohat qilish niyatida ekanliklarini bildirishmoqda.  

“Ta’tilni Yevropadagi davlatlardan birida o‘tkazmoqchi edim, fikrimdan qaytdim. Yozgi ta’tilni albatta O‘zbekistonda o‘tkazaman”, – deb yozadi obunachilardan biri.