Saudiya Arabistoni hukumati o‘z fuqarolarining chet elga chiqishi va mamlakatga qaytishiga 2021-yilning 1-yanvaridangina ruxsat berishi mumkin. Bu haqda mamlakatning rasmiy SPA agentligi xabar berdi.

Foto: RIA Novosti

Ma’lum qilinishicha, avtomobil, dengiz va havo yo‘li orqali harakatlanishga qo‘yilgan taqiq kelgusi yilning boshida olib tashlanadi. Taqiqning aynan qachon bekor qilinishi to‘g‘risida 30 kun avval avval xabar beriladi.

Shundan so‘ng Fors ko‘rfazi arab davlatlari hamkorlik kengashiga a’zo mamlakatlarning fuqarolari hamda vizasi bor xorijliklarning Saudiya Arabistoniga kirishiga ruxsat etiladi.

Ular koronavirusga chalinmagani haqida 48 soat avval olingan ma’lumotnomaga ega bo‘lishlari zarur. Bundan tashqari, Saudiya Arabistoni hukumati umra safarlarini bosqichma-bosqich tiklashga va’da bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, koronavirus pandemiyasi tufayli Saudiya Arabistoni barcha xalqaro qatnovlarni mart oyining boshida to‘xtatgan edi.

Mavzuga doir:
Saudiya Arabistoni qiroli shifoxonadan sog‘ayib chiqdi
Rossiya koronavirusga qarshi vaksina sinovlarini Saudiya Arabistonida oʻtkazmoqchi