Ayni damda Piskent tumani hokimligida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari 12-sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Sessiya ishida tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati xabar qildi.

Foto: Google

Unga ko’ra, Rixsiyev Rahimjon Mirqodirovich Piskent tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

R. Rixsiyev 1982-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Ma’lumoti oliy. 2003-yilda Toshkent davlat moliya institutini, 2005-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.

Mehnat faoliyati davomida iqtisodiyot va boshqaruv tizimida bir qator vazifalarda faoliyat yuritgan.

Mavzuga doir:
“O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi raisiga o‘rinbosarlar tayinlandi
YeTTB sobiq prezidenti Shavkat Mirziyoyevga maslahatchi bo‘ladi
O‘zbekistonlik vazir xalqaro tashkilot prezidentiga aylandi

Ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Rahimjon Rixsiyev Toshkent viloyati hokimining yordamchisi lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.