Facebook’ning bir guruh faol a’zolari Milliy mass – mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyevaga videomurojaat yo‘llashgan edi

Foto Saida Mirziyoyeva rasmiy telegram kanali

Ular uysiz hayvonlarga bo‘lgan munosabat haqida gapirib, Saida Mirziyoyevadan yordam so‘rashgan.

7-mart kuni Saida Mirziyoyeva ushbu videomurojaatga o‘z munosabatini bildirdi.

“Bir guruh faollar jonivorlarga shafqatsiz munosabat bilan bog‘liq muammoni hal qilishda yordam so‘rab menga murojaat qilishdi. Jonivorlarga nisbatan insoniylik, shubhasiz, jamiyat ma’naviy rivojlanishining ko‘rsatkichi hisoblanadi. Bunga befarq bo‘lmagan inson borki, bunday holatlarga chek qo‘yish uchun barcha kuch va imkoniyatlarini ishga solishi lozim.

Men ushbu faollarning fikrini qo‘llab-quvvatlayman, ularning muammosini tinglashga hamda jonivorlarga nisbatan rahmsiz munosabatga yo‘lga qo‘ymaslik uchun chora ko‘rilishiga yordam berishga tayyorman”, deya yozadi Saida Mirziyoyeva.