Livan poytaxtida yana bir favqulodda holat yuz berdi. Bayrut markazidagi qurilishi tugallanmagan savdo markazida kuchli yong‘in sodir bo‘ldi.

Foto: RIA Novosti

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in bartaraf etilgan. Jabrlanganlar haqida esa ma’lumot yo‘q.

Bir necha yillardan buyon qurilayotgan bu binoning bitishiga oz qolgan edi.

Ushbu holat Bayrut portidagi yaqinda yuz bergan yong‘indan bir necha kun o‘tib sodir bo‘ldi.

Mavzuga doir:
Livan hukumati iste’foga chiqadi
Tramp Livanga “sezilarli darajada” yordam berishga va’da berdi

Eslatib o‘tamiz, Bayrutning port mavzesida 4-avgust kuni kuchli portlash yuz berdi. Undan avval yana bir, kuchsizroq portlash kuzatilgan. Ikkinchi portlashning to‘lqini kuchi 3,3 magnitudali zilzilaga teng seysmik to‘lqinlarni keltirib chiqargan.

Ushbu portlashga Bayrut dengiz porti omborida saqlanayotgan 2750 tonna ammiak selitrasi sabab bo‘lgan. Portlovchi modda 2014-yilda Afrika mamlakatlaridan birining bayrog‘i ostida suzuvchi kemadan katta qarzi borligi uchun musodara qilingan.

Fojiadan so’ng port yaqinida joylashgan bir qancha imoratlarning fasadlari qulab tushgan, turarjoy uylari va idoralar shikastlangan.

Bayrut gubernatori Marvan Abbudning so‘zlariga ko‘ra, sodir bo‘lgan voqea natijasida taxminan 300 ming kishi boshpanasiz qolgan.