“Rosatom” rahbari Oʻzbekistonga kelishini ma’lum qildi. Bu haqida Aleksey Lixachev “Exo Moskvi” radiostansiyasi efirida 14-sentabr kuni xabar qildi, deb yozmoqda Sputnik. 

Foto: Sputnik

“Biz hozir Oʻzbekistonda ikkita blokli AES qurilishini juda faol muhokama qilmoqdamiz. Men intervyudan soʻng u yoqqa uchib ketaman”, – dedi Lixachev. 

Oldinroq Oʻzbekiston energetika vaziri ayni damda Rossiya bilan atom elektr stansiyasi qurish haqidagi shartnoma hozircha imzolanmaganini, lekin muzokaralar “finish chizigʻiga” chiqqanini xabar qilgan. 

Rossiya va Oʻzbekiston 2018-yilda Atom elektr stansiyasi qurish haqida dastlabki shartnomani imzolashgan edi. Unga koʻra Rossiya Oʻzbekistonda umumiy quvvati 1,2 GVt. boʻlgan “3+” avlod atom elektr stansiyasi qurishi rejalashtirilgan. Kelajakda ushbu AES quvvati 4,8 GVt. gacha kuchaytirilishi mumkin. 

Mavzuga doir:
Energetika vaziri Turkiya delegatsiyasi bilan muzokaralar o‘tkazdi
“Elektr energiyasi tariflari oshirilmaydi” – Energetika vazirligi

Ayni damda Jizzax viloyatidagi Tuzkon koʻli yaqinida AES uchun joy tanlangan. U yerda muhandislik-tekshiruv ishlari olib borilmoqda. 2019-yil fevralida imzolangan 10 yillik konsepsiyaga koʻra, Oʻzbekistonda AES qurilishi 2022-yilda boshlanishi kerak.