Toshkent viloyati maxsus komissiyasining  topshirig‘iga muvofiq, shu yilning 15-sentabridan boshlab Toshkent viloyati hududida yo‘nalishli taksi yo‘nalishlarida “Damas” rusumli avtomobillar qatnovini qayta tiklashga ruxsat berildi.

Foto: IIV YHXBB Axborot xizmati

Bunda bir qator  sanitariya va me’yoriy hujjatlarga rioya etilishi talab etiladi:

  • har qatnovga chiqishdan oldin haydovchi va chiptachilarning tana harorati pirometrlarda o‘lchanib, 37 S va undan yuqori bo‘lgan holatda ularning transport vositasini boshqarishiga yo‘l qo‘ymaslik;
  • haydovchilarning  tibbiy niqob va qo‘lqopda bo‘lishini hamda transport vositasi salonida haydovchi o‘rindig‘i yo‘lovchilar o‘rindig‘idan shaffof plastik yoki maxsus plyonka bilan to‘silgan holda bo‘lishini ta’minlash;
  • yo‘lovchilarning tibbiy niqobda bo‘lishini nazorat qilish, tibbiy niqobi bo‘lmagan holatda ularning transportga chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik;
  • transport vositasini  doimiy ravishda har qatnovga chiqishdan oldin to‘liq dezinfeksiyadan o‘tkazish;
  • sanitar ishlov berilmagan, texnik ko‘rikdan o‘tmagan, texnik nosoz transport vositasini ishga chiqarilishini qat’iyan ta’qiqlash.

Shuningdek, tashishlarni pandemiya sharoitida karantin va harakat xavfsizligi, yo‘lovchilar tashish qoidalariga qat’iy rioya etgan holda amalga oshirish yuzasidan yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanayotgan korxonalar mas’ul xodimlari tomonidan yo‘riqnomalar o‘tkazib borilishi talab etiladi.

Bunda har bir transport vositalari litsenziya varaqalari bilan to‘liq ta’minlangan bo‘lishi shart.

Mavzuga doir:
Parkentda tom ustidagi janjal og‘ir shikast yetkazish bilan yakunlandi
PPX xodimlari qidiruvdagi ikki ayolni ushlashdi
“Ohangarondagi masxaraboz GAI!” ishdan olindi