Tirbandliklarning oldini olish maqsadida haydovchilarga vaqtincha aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya qilingan.

Foto: Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati

Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmatining bergan xabariga ko‘ra, yo‘l-ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan joriy yilning 16-sentabr kuni soat 11:00 ga qadar, Toshkent shahar, Yashnobod tumanidagi Muxtor Ashrafiy ko‘chasining Farg‘ona yo‘li ko‘chasidan Alimkent ko‘chasigacha bo‘lgan qismi bo‘ylab harakatlanish yo‘lning bitta chizig‘i orqali amalga oshiriladi.

Tirbandliklarning oldini olish maqsadida haydovchilarga vaqtincha aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya qilingan.

Mavzuga doir:
Toshkent shahrining ayrim joylarida tabiiy gaz o‘chiriladi
“Sergeli” metro liniyasi bekatlarida qurilish ishlari tugatildi