Foto: Dunyo

Bugun, 15-sentabr kuni soat 01:35 larda X.R. o‘z boshqaruvidagi “LADA VESTA” rusumli 01 312 MGA davlat belgili avtomashinasini Sirdaryo tumani hududidan o‘tgan M-34 avtomobil yo‘lining 76 km. Toshkent-Termiz yo‘nalishi bo‘yicha boshqarib ketayotib, yo‘lning piyodalar o‘tishi uchun mo‘ljallangan joyidan yo‘lning qarama-qarshi tomoniga kesib o‘tayotgan piyoda R. Xojiyevni urib yuborib yo‘l transport hodisasi sodir etgan.

Natijada piyoda olgan tan jaroxatlari og‘irlik darajasi bo‘yicha vafot etgan.

Haydovchilardan yo‘llarda harakatlanish vaqtida piyodalar o‘tish yo‘laklariga yaqinlashgan vaqtlarida e’tiborli bo‘lishlarini, tezlikni oshirmasdan harakatlanishini so‘rab qolamiz“, – deyiladi Sirdaryo viloyati IIB axborot xizmati xabarida.

Mavzuga doir:
Sirdaryodagi mudhish YTHda 20 yoshli yigit vafot etdi