CGTN materialida ma’lum qilinishicha, klinik tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, ikki-to‘rt hafta oralig‘ida ikki dozali inaktivatsiyalangan CNBG vaksinasini olgan odamda odatda birinchi dozadan keyin yetti kun o‘tgach antitanalar paydo bo‘ladi.

Foto: Google

CNBG vaksinalari odamni koronavirusdan bir yildan uch yilgacha himoya qilishi mumkin. Besh oydan ko‘proq vaqt oldin emlangan birinchi 180 nafar ko‘ngillilarni kuzatish shuni ko‘rsatdiki, ushbu guruhdagi antitanalar darajasi “eng yuqori nuqtada va pasayish belgilari yo‘q”.

Shu bilan birga, CNBG ularning vaksinalari COVID-19’ning barcha shtammlaridan himoya qilishga qodir ekanligini ta’kidlamoqda.

“Darhaqiqat, virusning mutatsiyaga uchragan bir nechta kichik turlari mavjud, ammo uning asosiy genlar ketma-ketligi va oqsil tuzilishi tubdan o‘zgarmagan.

Yaqin bir necha yil ichida inaktivatsiya qilingan vaksinalar ushbu mutatsiyaga uchragan viruslarga qarshi kurashda hech qanday muammo tug‘dirmaydi”
, – deydi CNBG bosh yuridik vakili Chjou Sung.

China National Biotech Group bir yilda 300 million doza vaksina ishlab chiqarish quvvatiga ega. Uch oydan olti oygacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida qo‘shimcha quvvatlar yaratiladi va vaksina ishlab chiqarish quvvati 1,3 milliard dozagacha yetkaziladi.

Sal avval ushbu vaksinaning narxi haqida ma’lumot berib o’tilgan edi.

Eslatib o’tamiz, Gamaleya nomidagi ilmiy markaz tomonidan Rossiya to’g’ridan-to’g’ri investitsiya fondi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan koronavirusga qarshi birinchi vaksina “Sputnik V” nomini oldi va u 11-avgust kuni dunyoda birinchilardan bo’lib ro’yxatga olindi.

Mavzuga doir:
Xitoy sprey ko‘rinishidagi vaksina klinik sinovlariga ruxsat berdi
Dunyo aholisi COVID-19 vaksinalari haqida qanday fikrda?
Hind vaksinasi qachon tayyor bo‘lishi ma’lum qilindi

So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 29 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 927 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.