Kuni kecha Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida qator tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda vazirlikning axborot xizmati xabar qildi.

Foto: FVV axborot xizmati

Polkovnik Qilichov Zulfiqor Pardakulievich Favqulodda vaziyatlar vazirligi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularda harakat qilish davlat tizimi hamda fuqaro muhofazasining tashkiliy ta’minoti va rejalashtirish bosh boshqarmasi Radiasion, kimyoviy va tibbiy-biologik muhofaza boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar u Favqulodda vaziyatlar vazirligi Safarbarlik boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida xizmat qilgan.

Polkovnik Azizov Fayzullo Abdullaevich Favqulodda vaziyatlar vazirligi Ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Shu kunga qadar polkovnik F. Azizov Favqulodda vaziyatlar vazirligi Respublika moddiy-texnik ta’minot markazi boshlig‘ining o‘rinbosari – Ta’minot bazasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan;

Podpolkovnik Sadirov Xurshid Ergashevich Favqulodda vaziyatlar vazirligi Tashkiliy-tahlil boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

U avval Favqulodda vaziyatlar vazirligi Favqulodda vaziyatlarda harakat qilish va boshqarish milliy markazi Favqulodda vaziyatlarni bashoratlash va monitoring bo‘limi boshlig‘i vazifasida xizmat qilgan;

Polkovnik Abduxalikov Abdurazzoq Abdumutalipovich Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

U hozirgi kunga qadar Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan;

Mavzuga doir:
O‘zbekistonlik vazir xalqaro tashkilot prezidentiga aylandi
Narkologiya markaziga yangi direktor tayinlandi

Shu munosabat bilan vazirlik rahbariyati va shaxsiy tarkibi yuqorida nomlari keltirib o‘tilgan xodimlarni samimiy muborakbod etadi va kelgusidagi xizmat faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilab qoladi“, – deyiladi vazirlik xabarida.