Qo’shni davlatlarda koronavirus bo’yicha holat qanday? Bu haqda nashrimiz tomonidan tayyorlangan kunlik yangi ma’lumotlar bilan tanishing.

Foto: Aziya-Plyus

2020-yil 15-sentabr holatiga ko‘ra, Qozog‘istonda koronavirus yuqtirib olganlar soni 106 920 kishiga yetdi. Bemorlarning 100 837 nafari butunlay tuzaldi. 1634 ta o‘lim holati qayd etildi.

2020-yil 15-sentabr holatiga ko‘ra, Qirg‘izistonda koronavirusga chalinganlar soni 71 kishiga ko’payib, jami 44 999 taga ko’tarildi. Infeksiya tufayli o’lim holati 1063 tani tashkil etmoqda. Mamlakatda kasallikdan tuzalganlar esa 41 103 kishiga yetgan.

Tojikistonda esa bugun, 15-sentabr holatiga ko’ra, kasallanganlar soni 9088 tani tashkil etmoqda va jami 72 ta o’lim qayd etilgan. Mamlakatda COVID-19’dan davolanganlar soni 7853 nafarga yetgan.

Afg’onistonda 15-sentabr holatiga ko’ra, koronavirus bilan bog’liq holatlari soni 38 772 nafarni tashkil etmoqda. 1425 kishi ushbu infeksiya qurboniga aylangan. 32 073 kishi esa kasallikdan sog’aygan.

Turkmaniston davlatida hozirgacha rasman infeksiya qayd etilmagan.

Mavzuga doir:
Sentabr oxirida koronavirus bilan yoppasiga bemorlanish boshlanishi mumkin – Boronov
Qozog‘iston vaksinasi yuqori baholandi

So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 29 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 927 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.