Respublika maxsus komissiyasi O‘zbekiston fuqarolarini Rossiya Federatsiyasining Samara viloyatidan, shuningdek, Yekaterinburgdan olib kelish uchun “Toshkent–Kinel–Toshkent” hamda “Toshkent–Yekaterinburg–Toshkent” temir yo‘l reysini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilgan edi.

Foto: Nuz

Transport vazirligining ma’lum qilishicha, Rossiya va Qozog‘iston tomoni bilan kelishuvga binoan, joriy yilning 12-sentabr kuni “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ poyezdi 834 nafar yurtdoshlarimiz bilan “Kinel” stansiyasidan O‘zbekistonga jo‘nagan edi.

Qayd etilishicha, mazkur poyezd bugun erta tongda Samarqand shahriga yetib bordi. Ushbu reys orqali olib kelingan barcha fuqarolar avtobuslarda viloyatdagi karantin zonalariga yetkazildi.

Shuningdek, 847 nafar yurtdoshlarimiz bilan 12-sentabr kuni Yekaterinburgdan O‘zbekistonga jo‘nagan poyezd ham bugun erta tongda Toshkent shimoliy vokzaliga yetib keldi.

Mavzuga doir:
Mingga yaqin oʻzbekistonliklar Rostovdan Vatanga joʻnadi
Transport vazirligi charter reyslar nega qimmatligini izohladi

Ushbu reys orqali olib kelingan barcha fuqarolar avtobuslarda Toshkent viloyatidagi karantin zonalariga yetkazildi.