Toshkent viloyati, Parkent tumani, “Parkent dehqon bozori” MChJ hududida joylashgan do‘konlarda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqida FVV axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Google

Joriy yilning 8 mart kuni soat 00:25 da Toshkent viloyati Parkent tumani, A.Navoiy ko‘chasida joylashgan “Parkent dehqon bozori” MChJ hududida joylashgan bozorning oldi qatoridagi savdo do‘konlarida yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar (yong‘in to‘g‘risida xabar kechiktirib berilgan) kelib tushgan.

Yong‘inni bartaraf etishga 11 ta asosiy yong‘in o‘chirish avtomobillari va 10 dan ortiq yordamchi texnikalar jalb qilindi, soat 02:25 da yong‘inni tarqalishi oldi olindi va soat 03:50 da batamom o‘chirildi.

Yong‘indan 3000 kv.m. maydon saqlab qolindi.

Yong‘in natijasida halok bo‘lganlar va tan jarohati olgan shaxslar mavjud emas. Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Hurmatli fuqarolar yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilishingizni so‘raymiz, deyilgan xabarda.