Foto: Google

Yaqinda Xitoyda pnevmoniya virusini yuqtirgan birinchi chaqaloq kashf etilgani ma’lum bo’ldi. Kichkintoy 2 fevral kuni kasallik tarqalishining markazi bo’lgan Uxanda tug’ildi. Tashxis uning tug’ilishidan atigi 30 soat o’tgach amalga oshirildi.

Bolaning onasi homiladorlik paytida yuqtirgan. Shifokorlar hali virusni bolaga qanday yuqtirganini izohlay olmaydilar. Shifokorlardan biri ushbu hodisa kasallik yuqtirishning yangi usulini ko’rsatishi mumkinligini ta’kidladi. Biroq, bu hali ham tasodif bo’lishi mumkin, chunki 3-fevral kuni Xitoyning Xarbin shahrida istiqomat qiluvchi koronavirus bilan kasallangan bemor,sog’lom qiz dunyoga keltirgan edi.