Jang kutilganidek, hamyurtimizning ustunligida o‘tdi va u raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmagan holda g‘alabaga erishdi. Bu haqida “Sports” nashri yozmoqda.

Foto: Sports

Iordaniyada davom etayotgan litsenzion turnirnirda Olimpiada hamda jahon chempioni Shahobiddin Zoirov ham ilk jangini o‘tkazdi. U indoneziyalik Seguro Aldolsga qarshi ringga ko‘tarildi. Ushbu vazn toifasida ham 6 ta yo‘llanma o‘ynalmoqda.

Jang kutilganidek, hamyurtimizning ustunligida o‘tdi va u raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmagan holda g‘alabaga erishdi.

Endi u chorak finalda eronlik Omid Ahmadisafaga qarshi jang qiladi.