Fransiyaning sobiq prezidenti Valeri Jiskar d’Esten Parijdagi shifoxonaga yotqizildi, deya xabar berdi BFMTV telekanali.

Foto: RIA Novosti

Fevral oyida 94 yoshga to‘lgan Jiskar d’Esten dushanba kuni Parijdagi shifoxonalardan biriga yotqizildi. Sobiq fransuz yetakchisiga qanday tashxis qo‘yilgani va boshqa tafsilotlar ochiqlanmagan.

Jiskar d’Esten 1974-1981-yillarda Fransiya prezidenti bo‘lgan.

Mavzuga doir:
Fransiyada koronavirus bo’yicha navbatdagi rekord qayd etildi
Fransiya ko‘chalariga “sariq nimchalilar” yana qaytdi