Aleksey Navalniy karavotdan mustaqil turishga muvaffaq bo‘ldi. U sun’iy o‘pka ventilyasiyasi apparatidan butunlay uzib qo‘yilgan. O‘zi biroz yura oladi. Bu haqda Berlindagi Navalniy davolanayotgan “Sharite” klinikasi rasman xabar qildi.

Foto: RIA Novosti

Saytda chop etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Navalniyning ahvoli yaxshilanmoqda.

“Bemor sun’iy o‘pka ventilyasiyasi apparatidan butunlay uzib qo‘yilgan. U ancha harakat qilyapti. Koykasini ham vaqtincha tark etishi mumkin”, — deb xabar berdi klinika vakili. Ular, shuningdek, davolash jarayoni haqidagi barcha ma’lumotlar Aleksey va rafiqasi Yuliyaning roziligi bilan tarqatilishi mumkinligini ma’lum qilishgan.

Navalniy 22-avgustdan beri “Sharite”da muolaja olmoqda.

Mavzuga doir:
Navalniy hushiga keldi
YeI va NATO Rossiyani “Navalniy ishi”ga jiddiyroq qarashga chaqirdi

Eslatib o’tamiz, 20-avgust kuni ertalab Aleksey Navalniy Tomskdan Moskvaga parvoz paytida samolyotda sog‘lig‘i yomonlashgan. Samolyot Omskka favqulodda qo‘ngan, janob Navalniy kasalxonaga yotqizilgan.