Yangi turdagi koronavirusni yuqtirganlar soni dunyo bo‘yicha 29 millionga yetdi. Bu haqda jahon bo‘yicha koronavirus tarqalishini o‘z manbalariga tayangan holda hisob-kitob qilib borayotgan AQShning Jon Xopkins universiteti ma’lum qildi.

Foto: RIA Novosti

Universitet xabariga ko‘ra (shu yil 14-sentabr Toshkent vaqti bilan soat 18:40)da, koronavirusga chalinganlar soni 29 051 154 kishiga yetdi. 924 879 kishi COVID-19 tufayli vafot etdi. Shu vaqtga qadar 19 649 654 kishi tuzalgan.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 180 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. 

Mavzuga doir:
Britaniyada koronavirus haqida hazil qilishni taqiqlovchi yangi qoidalar joriy etildi
“Kovid” asoratlari va o‘lim omillari aniqlandi
Shifokorlar bolalarda koronavirusning salbiy oqibatlarini aniqlashdi