Osiyo-Tinch okeani mintaqasi Jahon hunarmandlar kengashi (WCC-APR) direktorlar kengashining VIII yig‘ilishida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikromov nomzodi WCC-APR prezidentligiga ilgari surildi. Bu haqda “Dunyo” xabar berdi.

Foto: Google

Tadbirda Osiyo-Tinch okeani mintaqasi Jahon hunarmandchilik kengashi raisi Gada Xijavi-Kaddumi va Osiyo-Tinch okeani mintaqasining (Hindiston, Xitoy, Kuvayt, Malayziya, Yaponiya, Bangladesh, O‘zbekiston va boshqalar) 49 mamlakati direktorlar kengashi a’zolari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikromov uchrashuvda faxriy mehmoni sifatida qatnashdi.

Yig‘ilish kun tartibiga muvofiq, a’zolik, nodavlat-notijorat tashkilotlarining milliy tuzilmasini kengaytirish, shuningdek, 2021-2024 yillarda Osiyo-Tinch okeani mintaqasi bo‘yicha Prezident va uning o‘rinbosarlari lavozimlariga nomzodlarni tasdiqlash va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.

Tadbirda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikromov nomzodi WCC-APR prezidentligiga ilgari surildi, kengashning barcha a’zolari bir ovozdan Adham Ikromovni nomzodlikka ma’qulladi.

Mavzuga doir:
Narkologiya markaziga yangi direktor tayinlandi
Qoʻl jangi federatsiyasiga yangi rahbar saylandi
Ichki ishlar tizimida ham lavozim tayinlovlari amalga oshirildi

O‘z navbatida, A. Ikromov kengash a’zolariga, xususan, Gada Xijavi-Kaddumi xonimga 2021-2024 yillarda WCC-APR prezidentligiga nomzod sifatida tasdiqlagani uchun minnatdorlik bildirdi.