Chiptalarni “Toshkent” avtovokzali kassalari orqali yoki onlayn tarzda sotib olish mumkin.

Foto: Mintrans.uz

Navoiy viloyati Nurota tumani aholisi va tumanda joylashgan “Chashma” ziyoratgohiga tashrif buyuruvchilar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida Transport vazirligi qoshidagi “Uzautotrans service” MChJ tomonidan Toshkent – Nurota yo‘nalishida muntazam avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yilmoqda.

Mazkur yo‘nalishda qatnovlar joriy yilning 15-sentabr kunidan boshlanadi.

Toshkent – Nurota yo‘nalishidagi avtobus soat 11:00 da “Toshkent” avtovokzalidan harakatlanishni boshlaydi.

Qayd etilishicha, Nurota avtovokzalidan esa avtobus soat 6:30 da Toshkent shahri tomon yo‘lga chiqadi. Ushbu yo‘nalish chipta narxi 60 000 so‘m etib belgilangan.

Mavzuga doir:
Xitoydan yo‘lga chiqqan zamonaviy avtobuslar Qarshi shahriga yetib keldi
​Toshkent shahridan Bo‘stonliqqa avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Transport vazirligiga ko’ra, chiptalarni “Toshkent” avtovokzali kassalaridan, shuningdek, Uztrans.uz yagona interaktiv axborot portali va avtoticket.uz sayti orqali onlayn tarzda sotib olish mumkin.