Bugun, AOKAda test sinovlarining dastlabki yakunlari va tahliliga bag‘ishlangan Davlat test markazi mutasaddilari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Foto: O’zA

Matbuot anjumanida test sinovlariga 90 nafar abituriyent tana harorati +37 C. darajadan yuqori bo‘lganligi sababli dalolatnoma tuzilib, kiritilmagani ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, davlat komissiyasining shu yil 19-iyundagi 1-son bayoniga muvofiq, 17-sentabr kuni tana harorati +37 C. darajadan yuqori bo‘lgan, test sinovlariga kiritilmagan abituriyentlar uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tayyorlangan stadion va xiyobonlarda qo‘shimcha test sinovlari o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Mavzuga doir:
Test imtihonlari bo‘yicha apellatsiya qachon boshlanishi ma’lum bo‘ldi
Abituriyent ruxsatnomasini testga kirish joyida chop etib berish yo‘lga qo‘yiladi