Koronavirus yuqtirgan Italiyaning sobiq bosh vaziri Silvio Berluskoni 3-sentabr kuni davolanish uchun yotgan Milandagi San Raffaele kasalxonasidan chiqarildi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Foto: RIA Novosti

Kasalxonadan chiqqandan so’ng, 83 yoshli siyosatchi yig’ilgan tarafdorlari va televizion jurnalistlar oldida qisqa nutq so’zlagan.

“Kelganingiz uchun tashakkur. Bu mening hayotimdagi eng xavfli sinov edi” – dedi “Olg’a, Italiya” partiyasi yetakchisi.

Besh daqiqalik nutqida Berluskoni infeksiyadan so’ng uni qo’llab-quvvatlagan italiyalik siyosatchilarga minnatdorchilik bildirgan va bu “dastlabki uch kun ichida juda ko’p bo’lgan eng qiyin daqiqalarni yengishga imkon berganini” ta’kidlagan.

Eslatib o’tamiz, oldinroq Italiya sobiq bosh vaziri koronavirusga chalingani haqida xabar qilgan edik.

Mavzuga doir:
Italiya sobiq ichki ishlar vaziri uzoq yilga qamalishi mumkin
Italiyada 703 km/soat tezlik bilan harakatlangan ayol jarimaga tortildi. Endi u politsiyani sudga bermoqchi
Pandemiya tufayli Italiyada tugʻilishlar soni keskin pasayishi taxmin qilindi