Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar bermoqda.

Foto: Tergov departamenti axborot xizmati

Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli buyrug‘iga asosan, Mirrahimova Saidaxon Shuhratovna Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori lavozimiga tayinlandi.

Unga markaz faoliyati va aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, narkologik kasalliklar sohasidagi profilaktika, diagnostika va davolash ishlarida innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish,  yetakchi xorijiy tibbiyot muassasalari bilan  hamkorlikni kengaytirish, tizimda axborotlarning faol almashinuvini ta’minlash singari vazifalar yuklatildi.

37 yoshli tibbiyot fanlari doktori S. Mirrahimova Londondagi Staffordshir universitetida sog‘liqni saqlashni tashkillashtirish bo‘yicha malakasini oshirgan.

Mavzuga doir:
“Yo‘lqurilish” AJga rahbar tayinlandi
Qoʻl jangi federatsiyasiga yangi rahbar saylandi

Saidaxon Mirrahimova ayni paytgacha Samarqand viloyat ixtisoslashgan ko‘z kasalliklari shifoxonasi bosh shifokori lavozimida ishlab kelayotgan edi.