Polshada koronavirus bilan kasallangan yangi bemor aniqlandi, ularning umumiy soni oltitaga yetdi, dedi sog’liqni saqlash vaziri Lukas Shumovskiy.

Foto: Depositphotos / Wb77

Shumovskiy shanba kuni jurnalistlarga “koronavirusning yana bir holati tasdiqlandi” dedi.

Uning ta’kidlashicha, yangi bemor Germaniyadan avtobusda Polshaga bir necha kun oldin kelgan, keyin unga koronavirus tashxisi qo’yilgan.

Sog’liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko’ra, bemorlar koronavirusni turli mamlakatlarda – Germaniya, Italiya va Buyuk Britaniyada yuqtirishgan.