Kuzda Yevropada COVID-19’dan o’limlar soni ko’payadi, dedi JSSTning Yevropa bo’yicha mintaqaviy byurosi rahbari Xans Klyuge. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Foto: RIA Novosti

“Vaziyat yanada murakkablashadi. Oktabr va noyabrda biz o’lim darajasi yuqoriroq bo’lishini ko’ramiz”, – dedi uz.

Avvalroq JSST bir sutkada 308 mingga yaqin koronavirusning yangi holatlari haqida xabar bergan edi, bu esa pandemiya boshlanganidan beri rekord ko’rsatkich. Oldingi antirekord 6-sentabrda qayd etilgan – 306 857 ta holat.

Mavzuga doir:
JSST COVID-19 pandemiyasi qachon tugashi noaniqligini ma’lum qildi
JSST koronavirusni qayta yuqtirish haqidagi xabarlarni izohladi

So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 28 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 922 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.