Toshkent metrosining “Sergeli” yo‘nalishidagi 5 ta bekatda qurilish ishlari tugatildi. Bu haqda Transport vazirligi ma’lum qildi.

Foto: Transport vazirligi axborot xizmati

Qayd etilishicha, bu yo‘nalishning oraliq masofasi 6,9 kilometrni tashkil etadi va Sergelining zich joylashgan aholisiga qulaylik yaratadi.

“Sergeli” yo‘nalishi “Choshtepa”, “Toshkent xalqa yo‘li”, “Sergeli”, “Afrosiyob”, “Qipchoq” bekatlaridan iborat. Hozir qurilish jarayonida 100 foiz temir-beton konstruksiya ishlari bajarilgan. Yer osti ishlari tugatilgan. 1400 dan ortiq temir-beton balkalar montaj qilingan.

Ayni kunlarda yer usti metro liniyalarida temiryo‘l panjaralarini o‘rnatish, elektrlashtirish ishlari olib borilmoqda. Yuqorida ta’kidlab o‘tgan bekatlarda qurilish ishlari tugatilib, ayni chog‘da ularda qoplama ishlari amalga oshirilmoqda.

Mavzuga doir:
Toshkent metrosi stansiyalaridagi o‘rindiqlari ta’mirlanmoqda
Toshkent metropoliteni 15-avgustdan boshlab ishga tushadi
Tokiodagi metro bekatlaridan biri noma’lum tutun sababli ishini to’xtatib turdi