Bugun, 14-sentyabr kuni Sochi shahrida Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko o‘rtasida yakkama-yakka shakldagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi. Bu haqda BelTA axborot agentligi xabar tarqatdi.

Foto: RIA Novosti

Ta’kidlanishicha, ikki davlat rahbarlari Rossiya va Belarus o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishning hozirgi holati va imkoniyatlarini muhokama qiladilar.

Bu Lukashenkoning 9-avgust kuni bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlaridan keyin xorijga birinchi safari bo‘ladi.

Mavzuga doir:
Lukashenko oilasi bilan Rossiyaga uchib ketdi – OAV
Belarus Litvani havo hududini buzishda aybladi