Qo’shni davlatlarda koronavirus bo’yicha holat qanday? Bu haqda nashrimiz tomonidan tayyorlangan kunlik yangi ma’lumotlar bilan tanishing.

Foto: 24 KG

2020-yil 14-sentabr holatiga ko‘ra, Qozog‘istonda koronavirus yuqtirib olganlar soni 106 855 kishiga yetdi. Bemorlarning 100 627 nafari butunlay tuzaldi. 1634 ta o‘lim holati qayd etildi.

2020-yil 14-sentabr holatiga ko‘ra, Qirg‘izistonda koronavirusga chalinganlar soni 47 kishiga ko’payib, jami 44 928 taga ko’tarildi. Infeksiya tufayli o’lim holati 1063 tani tashkil etmoqda. Mamlakatda kasallikdan tuzalganlar esa 41 023 kishiga yetgan.

Tojikistonda esa bugun, 14-sentabr holatiga ko’ra, kasallanganlar soni 9049 tani tashkil etmoqda va jami 72 ta o’lim qayd etilgan. Mamlakatda COVID-19’dan davolanganlar soni 7816 nafarga yetgan.

Afg’onistonda 14-sentabr holatiga ko’ra, koronavirus bilan bog’liq holatlari soni 38 716 nafarni tashkil etmoqda. 1420 kishi ushbu infeksiya qurboniga aylangan. 31 638 kishi esa kasallikdan sog’aygan.

Turkmaniston davlatida hozirgacha rasman infeksiya qayd etilmagan.

Mavzuga doir:
Jeenbekov rossiyalik shifokorlarga minnatdorchilik bildirdi
Tojikiston COVID-19’ga qarshi rus vaksinasini xarid qiladi
Qozog’istonda birinchilardan bo’lib kimlar “kovid” vaksinasi bilan emlanishi ma’lum qilindi

So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 28 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 922 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.