Toshkent viloyati IIBB 1-mintaqaviy hudud PPX xodimlari tomonidan o‘g‘irlik va bosqinchilik jinoyati bo‘yicha qidiruvda bo‘lgan ikki ayol aniqlanib, ushlandi. Bu haqda viloyat IIBB axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Tergov departamenti axborot xizmati

2020-yil 4-sentabr kuni o‘tkazilayotgan qidiruv tadbiri davomida, Jinoyat kodeksining 164-moddasi 2-qismi “v, g” bandlari, 46-moddasida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, jazo o‘tashdan bo‘yin tovlab, joriy yil may oyidan qidiruvda bo‘lgan 31 yoshli Ye.B. (ayol) viloyat IIBB 1-mintaqaviy hudud PPX xodimlari safdor O. Normetov va serjant A. A’zamovlar tomonidan aniqlanib, ushlandi.

Shuningdek, 10-sentabr kuni o‘tkazilgan qidiruv tadbir natijasida Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, unga tayinlangan jazoni o‘tashdan bosh tortib yurgan qidiruvdagi 25 yoshli N.M. (ayol) Chilonzor tumanida ekanligi aniqlanib ushlandi.

Mavzuga doir:
Qidiruvda bo’lgan o‘zbekistonlik Qozog‘istonda qo‘lga olindi
Yangiyoʻl tumanida bedarak yoʻqolgan 1,5 yashar bolaning jasadi kanaldan topildi

Ushbu shaxslarga qonuniy chora ko‘rilishi uchun hududiy IIBlarga topshirilgan.