Shu yil 13-sentabr soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 47 423 (+136) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog’liqni saqlash vazirligi xabar qildi.

Foto: Dunyo

Yangi kasallanish holatlarining 121 nafari Toshkent viloyatida hamda 15 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Yashnobod tumanida yashagan 70 yoshli X.X. (erkak) hamda Samarqand shahrida yashagan 44 yoshli Z.X. (ayol), jami 392 (+2) nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Bugun Toshkent shahrida 317 nafar, Toshkent viloyatida 128 nafar, Samarqand viloyatida 20 nafar, Namangan viloyatida 11 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 6 nafar, Qashqadaryo viloyatida 5 nafar, Andijon va Farg‘ona viloyatlarida 2 nafardan bemor tuzaldi.

Shunday qilib, yurtimizda 44 002 (+491) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 3029 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.