Toshkent viloyati IIBB 1-mintaqaviy hudud PPX xodimlari tomonidan 5-sentabr kuni Chirchiq shahridagi xususiy tashqilotlardan biriga tegishli bo‘lgan, hozirda foydalanilmayotgan ommobxona qorovuli va sherigi marixuana giyohvandlik moddasini “pishirayotgan” vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Foto: Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati

Tungi xizmatni o‘tayotgan PPX xodimlari katta serjant I. Madaminov safdor D. Ibrayev va Milliy gvardiya xizmatchisi serjant A.Mansurovlar o‘zlariga biriktirilgan Chirchiq shahri “O‘zbekiston” ko‘chasida xizmat olib borayotgan vaqtida, soat taxminan 23:30 larda hududdagi eski bino ommorxonasidan o‘ziga xos o‘tkir hid kelayotganligi payqab, tekshirish maqsadida binoga kirgan.

Ommobxona qorovuli bo‘lib ishlovchi T.B. va uning sherigi D.O. borligini, ular oshxona qozonida o‘ziga xos modda (aralashma) tayyorlanganligini aniqlab, shahar IIBga xabar berilgan.

Xabarga asosan, tergov-tezkor guruhi voqea joyiga yetib kelgan. Ko‘zdan kechirish davomida gugurt quti va paketlarga qadoqlangan hamda qozonda qovurilayotgan jami 5710 kg. “marixuana” giyohvandlik moddasi va uni tayyorlash va chakish uchun mo‘ljallangan ko‘pgina moslamalar borligi aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida olingan.

Mavzuga doir:
Farg’onada 41 mln. so‘mlik “uzumni yeb”, pulini bermagan shaxsga nisbatan ish ochildi
Andijonda fuqaroni 645 ming dollarga aldab ketgan xitoylikka jinoiy ish ochildi
Zafarobod tuman hokimiyati xodimi $8000 bilan ushlandi

Mazkur holat yuzasidan Chirchiq shahar IIB tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 2-qismi «a» jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.