Mutaxassislar xavfli o‘smalar paydo bo‘lishiga olib keladigan oziq-ovqat mahsulotlarini sanab berishdi.

Foto: Sputnik

Bu borada go‘sht mahsulotlari yetakchi: kolbasa, sosiska, dudlangan go‘sht. Bunday mahsulotlarga yaroqlilik muddatini uzaytiruvchi va ta’mini yaxshilovchi kimyoviy moddalar qo‘shiladi.

Natijada ichak, prostata va oshqozonosti bezi saratoni xavfini oshiruvchi kanserogenlar yuzaga keladi.

Parhezbop mahsulotlar deb ataluvchi yeguliklar ikkinchi o‘rinni egallashdi. Negaki, qand o‘rniga sun’iy shirin qiluvchi kimyoviy birikmalar ishlatiladi. Keyingi pog‘onada rafinadlangan qand turadi.

U gazlangan shirin ichimliklar tarkibida bisyor bo‘lib, eng avvalo, ichakka zarba beradi.

Shuningdek, pishiriq va rafinadlangan yog‘ iste’molini kamaytirish lozim. Ular ko‘krak saratonini qo‘zg‘ashi mumkin.

Mavzuga doir:
Olimlar xandonpista ozishga yordam berishini aniqlashdi
Olimlar elektron sigareta ko‘krak saratoni xavfini oshirishini aniqlashdi
Xitoylik lim olmadagi yashirin xavfni aniqladi

Bundan tashqari, shifokorlar losos xavfidan ham ogohlantirishadi. Negaki, ushbu baliq tarkibida pestitsid va antibiotiklar ko‘p.