Kaliforniya universiteti olimlari xandonpistani muntazam iste’mol qilish ozishga va qon bosimini tushirishga yordam beradi, degan xulosaga kelishdi. Bu haqda “La Vanguardia” nashri xabar bergan.

Foto: RBK

Tajriba chog‘ida ko‘ngillilarning yarmi to‘rt oy davomida har kuni 40 grammdan xandonpista yeyishdi.

Shu bilan birga, tadqiqot ishtirokchilari jismoniy yuklamani oshirishgan, ularning taomnomasi esa kaloriyasini cheklash hisobiga tuzatilgan.

Natijada ko‘ngillilar 5 foiz ortiqcha vazndan hamda bel sohasidagi yog‘dan xalos bo‘lishgan.

Mavzuga doir:
Xitoylik lim olmadagi yashirin xavfni aniqladi
Mutaxassis plastik idishlardagi suvning xavfidan ogohlantirdi
Qandli diabet paydo boʻlishining asosiy sababi aniqlandi

Biroq xandonpista yegan tajriba ishtirokchilari qo‘shimcha ustunliklarga ega bo‘lishgan. Ularda arterial qon bosimi pasayishi hamda qonida antioksidant lyutein karotinoidlari, alfa- va beta-karotin darajasi oshishi qayd etilgan.