NDTV telekanalining xabariga ko‘ra, Hindistonda navbatdagi koronavirus infeksiyasi tarqalishi bir kecha-kunduzda 94 372 kishining kasallanishiga olib keldi.

Foto: DW

Mamlakatda koronavirus aniqlanganlar soni jami 4 754 356 nafarga yetdi.

Hindiston sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, halok bo‘lganlar soni 78 586 kishiga yetgan, o‘tgan 24 soat ichida 1114 bemor hayotdan ko‘z yumgan.

Shunga qaramay, 3 702 595 nafar hindistonlik yangi turdagi infeksiyadan xalos bo‘lgan.

Maxarashtra pandemiyadan eng ko‘p zarar ko‘rgan shtat bo‘lib qolmoqda. Undan keyin mamlakatning uchta janubiy hududi o‘rin olgan: Andxra-Pradesh, Tamilnad va Karnataka.

Jon Xopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, Hindiston COVID-19 bilan kasallanish ko‘rsatkichi bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda turibdi. Amerika Qo‘shma Shtatlari bu borada yetakchi bo‘lib qolmoqda.

Mavzuga doir:
Hindistonda 5 qavatli uy qulab tushishi oqibatida yuzga yaqin odam vayronalar ostida qoldi
Hindistonda ko‘chki 58 kishining hayotiga zomin bo‘ldi
Hindistondagi maktabda eng yaxshi o’quvchilarga skuter sovg‘a qilinmoqda

So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 28 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 919 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.