Avvalroq, poytaxtning ba’zi hududlarida ichimlik suvi o‘chirilishi ma’lum qilingan edi.

Foto: Google

“Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, 14- sentyabr kuni soat 11:00 dan 17:00 ga qadar Mirobod tumani Amir Temur ko‘chasida joylashgan gaz quvurlarini ta’mirlash ishlari olib boriladi.

Shu munosabat bilan quyidagi manzillarda istiqomat qiluvchi istemolchilar gaz ta’minotida vaqtincha uzilish kuzatiladi:

  • Turkiston ko‘chasi;
  • Taras Shevchenko ko‘chasi;
  • Laxuti ko‘chasi;
  • Afrosiyob ko‘chasi;
  • Nukus ko‘chasi;
  • Amir Temur ko‘chasi;
  • Avliyoota ko‘chasi.

“Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan.