Amerikaning “Sandvine” kompaniyasi Belarus hukumatiga prezident saylovlari vaqtida mamlakatdagi saytlarni bloklash uchun texnologiyalar taqdim etgan.

Foto: Sputnik

Bloombergning yozishicha, AQSh firmasi vakillari mamlakatning rasmiy shaxslari bilan uchrashgan, soʻngra esa Minskka zaruriy jihozlarni keltirishgan.

“Sandvine” agentlikka izoh bermagan, shuningdek, Belorussiya IIV ham agentlik soʻroviga javob bermagan.

Belarusda 9-avgust kuni prezident saylovlari vaqtida butun mamlakat boʻylab internet bilan muammolar yuzaga kelgan.

Xususan, yomon aloqa tufayli saytlar, jumladan, davlat saytlari yuklanmagan. Qidiruv tizimlari va YouTube ishlamagan, messenjerlarda ham uzilish kuzatilgan. 12-avgust kuni ertalab Minskda mobil internet va  ijtimoiy tarmoqlar ishi qayta tiklangan.

Mavzuga doir:
Belarus Litvani havo hududini buzishda aybladi
Lukashenko o‘z qarorgohiga avtomat ko‘tarib keldi
Bu ularning ichki ishi – Kreml Belarusdagi vaziyatga izoh berdi