Shu yil 13-sentabr soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 47 287 (+245) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog’liqni saqlash vazirligi xabar qilmoqda.

Foto: Dunyo

Yangi kasallanish holatlarining 231 nafari Toshkent shahrida, 14 nafari Toshkent viloyatlarida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Shayxontohur tumanida yashagan 82 yoshli P.X. (erkak) hamda Olmazor tumanida yashagan 48 yoshli S.X. (erkak), jami 390 (+2) nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 187 nafar, Toshkent viloyatida 124 nafar, Samarqand viloyatida 20 nafar, Namangan viloyatida 11 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 6 nafar Qashqadaryo viloyatida 5 nafar hamda Andijon viloyatida 2 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, yurtimizda 43 866 (+355) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 3031 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.